MyCEFR.uz

CEFR imtihoni topshiruvchilar uchun!

Diqqat! Navbatdagi test sinoviga hujjat qabul qilina boshlandi!

Chet tillarini bilish va egallash darajasini baholash va malaka sertifikatini berish uchun oktabr oyida bo’lib o’tadigan test sinovlariga talabgorlarni ro’yxatga olish joriy yilning 10 sentabridan 24 sentabriga qadar davom etadi.

Qabul vaqti: 10:00 dan 17:00 gacha

Ish kunlari: Dushanba, Seshanba, Chorshanba, Payshanba, Juma.

Talabgorlar diqqatiga: Hujjatlarni Davlat test markazining viloyatdagi hududiy bo’limlariga ham topshirish mumkin. (Quyida mas’ul shaxslarning telefon raqamlari keltirilgan)

Hujjat topshirish va ro’yxatdan o’tish tartibi

Chet tilini bilish va egallash darajasi bo’yicha malaka sertifikati olish uchun imtihonga ro’yxatdan o’tish tartibi:
1. On-line arizani to’ldiring. To’ldirigan arizangizning pdf formatdagi nusxasi arizada ko’rsatgan elektron pochtangizga yuboriladi.
2. Elektron pochtangizdan pdf formatdagi arizangiz nusxasini yuklab oling va printerdan chiqaring.
3. Istalgan bank bo’limidan DTM hisob raqamiga eng kam ish haqining 1.5 baravari miqdorida to’lovni to’lang.
4. Quyidagi hujjatlarni DTMga pochta orqali yuboring yoki shaxsan olib keling (Bu safardan boshlab hududiy bo’limlarga ham topshirsa bo’ladi):
– To’ldirilgan ariza nusxasi (pdf formatda pochtangizga yuborilgan arizani chiqaring);
– Eng kam ish haqining 1.5 baravari (276 450 so’m ) miqdorida to’lovni to’laganligingiz haqida kvitansiya nusxasi yoki to’lov topshiriqnomasi;
– Pasportingiz nusxasi;
– 3.5 * 4.5 o’lchamdagi fotosuratingiz (1 dona)*;
*Izoh: Rasm hujjat talablariga mos kelishi kerak.
– 3.5 *4.5 o’lchamdagi fotosuratingizning CD diskga yozilgan elektron nusxasi;
– hujjatlar uchun jild.
DTM manzili: 100084, Toshkent shahri, Bog’ishamol ko`chasi, 12-uy. 

15 iyuldan 2018y. sertifikat uchun to’lov – 276 450 so’m

Hududiy bo’limlar boshliqlari haqida ma’lumotlar:

Hudud F.I.O Telefon Email
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Abdullaev Muzaffar Atajanovich +998913723119 vakil1@dtm.uz
Andijon viloyat Aliev Xusniddin Maxmudovich +998905252763 vakil2@dtm.uz
Namangan viloyat Xalimov Shuxrat Abduraximovich +998972312868 vakil3@dtm.uz
Farg‘ona viloyat Babajanov Jaxongir +998906341455 vakil4@dtm.uz
Buxoro viloyat Sevinchov Ne’mat Gulboyevich +998914108221 vakil5@dtm.uz
Xorazm viloyat Yakubov Baxtiyor Sabirovich +998911909405 vakil6@dtm.uz
Surxondaryo viloyat Karimov Yoqubjon Ziyodullayevich +998915184420 vakil7@dtm.uz
Qashqadaryo viloyat Jo‘rayev Bexzod Xonimqulovich +998972000773 vakil8@dtm.uz
Jizzax viloyat Xotamov Ibrohim Mustafoyevich +998915965235 vakil9@dtm.uz
Navoiy viloyat Bekniyozov Nurxon Mardonovich +998913080139 vakil10@dtm.uz
Samarqand viloyat Sirliboyev Voxid Xayrullayevich +998915247077 vakil11@dtm.uz
Sirdaryo viloyat Bahromov Alisher Norboboyevich +998911004466 vakil12@dtm.uz

Manba

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *