MyCEFR.uz

CEFR imtihoni topshiruvchilar uchun!

CEFR test sinovlaridan o’tish uchun nechi ball olish kerak?

Chet tilini bilish darajasi testi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 31-dekabrdagi 352-son qarori bilan tasdiqlangan “Chet tilini bilish darajasini aniqlash va malaka sertifikati berish tartibi to’g’risida”gi Nizom asosida o’tkaziladi.

Test quyidagi bo’limlardan iborat:

Tinglab tushunish bo’limi: eshitilgan audiomatnlarning asosiy mazmunini va detallarini tushunish ko’nikmalarini tekshiradi.

O’qib tushunish bo’limi: har xil janrlardagi autentik matnlarning asosiy mazmunini va detallarini tushunish ko’nikmalarini tekshiradi.

Leksik va grammatik kompetensiyalar bo’limi: leksik va grammatik birliklarni kontekstda to’g’ri qo’llay olish ko’nikmalarini tekshiradi.

Yozish bo’limi: berilgan vaziyat yoki mavzu asosida, topshirilayotgan darajaga mos leksika va grammatikani qo’llagan holda yaxlit matn tuza olish ko’nikmalarini tekshiradi.

Gapirish bo’limi: savollarga javob bera olish, og’zaki taqdimot qila olish, muammoga nisbatan o’z fikrini bildirib asoslab bera olish ko’nikmalarini tekshiradi.

Testning yozma qismi (tinglab tushunish, o’qib tushunish, leksik va grammatik kompetensiyalar, yozish bo’limlari) bir kunda, gapirish bo’limi alohida o’tkaziladi.

Har bir bo’limda maksimal ball 30 ballni tashkil qiladi. Jami maksimal ball: 150 ball. Testdan muvaffaqiyatli o’tish uchun maksimal ballga nisbatan 60% yoki undan yuqori, ya’ni jami 90 ball va undan yuqori ball yig’ish kerak bo’ladi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *