MyCEFR.uz

CEFR imtihoni topshiruvchilar uchun!

CEFR imtihonlari haqida nimalar bilasiz? 10 ta asosiy fakt

CEFR imtihonlari haqida nimalar bilasiz? 10 ta asosiy fakt

1.Chet tilini bilish darajasini aniqlaganlik va sertifikat berganlik uchun talabgor tomonidan ariza berilgan kundagi eng kam oylik ish haqining 1,5 baravari miqdorida toʻlov undiriladi.


2.Sertifikat test sinovlari yakunlari boʻyicha eng yuqori ballning kamida 60 foizini toʻplagan shaxslarga 3 yil muddat bilan beriladi.


3.Chet tilini bilish darajasi test sinovlari oʻtkazish yoʻli bilan aniqlanadi, u quyidagi boʻlimlardan iborat boʻladi:

a) “audialash” boʻlimi — ogʻzaki nutqni qabul qilish koʻnikmalarini, eshitilgan matnlardagi asosiy fikr va detalni tushunish mahoratini tekshiradi;

b) “oʻqish” boʻlimi — yarim autent va autent matnlarni tushunishni, oʻqilgan matnlardagi asosiy fikr va detalni tushunish mahoratini tekshiradi;

d) “leksika va grammatika kompetensiyasi” boʻlimi — grammatik tuzilishni va lugʻat zaxirasini farqlash hamda ulardan toʻgʻri foydalanish mahoratini tekshiradi;

e) “xat” boʻlimi — tegishli darajadagi grammatik tuzilishdan va lugʻat zaxirasidan foydalangan holda berilgan mavzular boʻyicha bir-biri bilan bogʻlangan matnlar tuzish mahoratini tekshiradi;

f) “soʻzlash” boʻlimi — tegishli darajadagi grammatik tuzilishdan va lugʻat zaxirasidan foydalangan holda, berilgan savollarga mos javob berish va oʻz nuqtai-nazarini asoslash mahoratini tekshiradi.


4.”Audialash”, “oʻqish”, “leksika va grammatika kompetensiyasi” boʻlimlarining har biri 30 ta savoldan iborat boʻladi, “xat” boʻlimi A2, A2+, B1, B1+, B2 darajalari uchun ikkita yozma topshiriqdan, C1 darajasi uchun uchta yozma topshiriqdan (darajaga bogʻliq holda birinchi topshiriq — 30—150 ta soʻzdan, ikkinchi topshiriq — 50—250 ta soʻzdan, uchinchi topshiriq — 80—100 ta soʻzdan), “soʻzlash” boʻlimi topshiriqlarning uchta turidan iborat boʻladi.


5.Test sinoviga qoʻyilgan talabgorlar roʻyxati, uni oʻtkazish sanasi va joyi toʻgʻrisidagi axborot Davlat test markazining saytida eʼlon qilinadi. Test sinovini oʻtkazish sanasi u oʻtkaziladigan kundan bir haftadan kechikmay eʼlon qilinadi. Test sinovini oʻtkazish joyi va sanasi Davlat test markazi tomonidan aniqlanadi.Test sinovi guruhlarning shakllantirilishiga qarab, lekin talabgor roʻyxatdan oʻtkazilgan kundan boshlab olti haftadan kechikmay oʻtkaziladi.


6.Testni oʻtkazish vaqti:

A2, A2+ darajasi uchun — “audialash”, “oʻqish”, “leksika va grammatika kompetensiyasi”, “xat” uchun — 150 daqiqani, soʻzlash uchun — 10 daqiqani;

B1, B1+ darajasi uchun — “audialash”, “oʻqish”, “leksika va grammatika kompetensiyasi”, “xat” uchun — 185 daqiqani, soʻzlash uchun — 15 daqiqani;

B2 darajasi uchun — “audialash”, “oʻqish”, “leksika va grammatika kompetensiyasi”, “xat” uchun — 200 daqiqani, soʻzlash uchun — 15 daqiqani;

C1 darajasi uchun — “audialash”, “oʻqish”, “leksika va grammatika kompetensiyasi”, “xat” uchun — 210 daqiqani, soʻzlash uchun 20 — daqiqani tashkil qiladi.

Test sinovi har bir boʻlimining eng yuqori bahosi 30 ballni tashkil qiladi.

7. Test sinovlari natijalari ular oʻtkazilgan kundan boshlab ikki haftadan kechikmay Davlat test markazi saytida eʼlon qilinadi.


8. Test sinovi yakunlari boʻyicha eng yuqori ballning 60 foizidan kam ball olgan talabgor test sinovida qatnashish uchun, lekin test sinovi natijalari eʼlon qilingan kundan boshlab kamida bir oydan keyin, chet tilini bilish darajasini aniqlash va Sertifikat berish uchun toʻlov toʻlangan taqdirda, hujjatlarni takroran taqdim etish huquqiga ega.


9.Test natijalaridan norozi boʻlgan talabgor Davlat test markaziga apellyatsiya taqdim etish huquqiga ega. Apellyatsiya test sinovi natijalari eʼlon qilingan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida belgilangan boʻyicha yozma yoki elektron shaklda taqdim etiladi.


10.Test sinovidan muvaffaqiyatli oʻtgan talabgorga test sinovi natijalari eʼlon qilingan kundan boshlab bir hafta mobaynida, Davlat test markazi buyrugʻi asosida Sertifikat beriladi. Malaka Sertifikatining dublikati berilganligi uchun eng kam oylik ish haqining 50 foizi miqdorida toʻlov undiriladi.


CEFR test sinovlaridan o’tish uchun nechi ball olish kerak?

Chet tilini bilish darajasi testi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 31-dekabrdagi 352-son qarori bilan tasdiqlangan “Chet tilini bilish darajasini aniqlash va malaka sertifikati berish tartibi to’g’risida”gi Nizom asosida o’tkaziladi.

Test quyidagi bo’limlardan iborat:

Tinglab tushunish bo’limi: eshitilgan audiomatnlarning asosiy mazmunini va detallarini tushunish ko’nikmalarini tekshiradi.

O’qib tushunish bo’limi: har xil janrlardagi autentik matnlarning asosiy mazmunini va detallarini tushunish ko’nikmalarini tekshiradi.

Leksik va grammatik kompetensiyalar bo’limi: leksik va grammatik birliklarni kontekstda to’g’ri qo’llay olish ko’nikmalarini tekshiradi.

Yozish bo’limi: berilgan vaziyat yoki mavzu asosida, topshirilayotgan darajaga mos leksika va grammatikani qo’llagan holda yaxlit matn tuza olish ko’nikmalarini tekshiradi.

Gapirish bo’limi: savollarga javob bera olish, og’zaki taqdimot qila olish, muammoga nisbatan o’z fikrini bildirib asoslab bera olish ko’nikmalarini tekshiradi.

Testning yozma qismi (tinglab tushunish, o’qib tushunish, leksik va grammatik kompetensiyalar, yozish bo’limlari) bir kunda, gapirish bo’limi alohida o’tkaziladi.

Har bir bo’limda maksimal ball 30 ballni tashkil qiladi. Jami maksimal ball: 150 ball. Testdan muvaffaqiyatli o’tish uchun maksimal ballga nisbatan 60% yoki undan yuqori, ya’ni jami 90 ball va undan yuqori ball yig’ish kerak bo’ladi.


Кейинги йилдан бошлаб IELTS балли билан давлат имтиҳонларида максимал балл олиш мумкин бўладими?

Ҳа, мумкин бўлади, лекин 2019 йил 1 январдан эмас, сал кейинроқ бўлиши мумкин.

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2018 йил 5 июндаги “Олий таълим муассасаларида таълим сифатини ошириш ва уларнинг мамлакатда амалга оширилаётган кенг қамровли ислоҳотларда фаол иштирокини таъминлаш бўйича қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги
ПҚ-3775-сон Қарорининг 8-бандига мувофиқ Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси ҳузуридаги Давлат тест маркази Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги, Халқ таълими вазирлиги билан биргаликда 2019 йил 1 январгача илғор халқаро имтиҳон тизимлари (TOEFL, IELTS, CEFR, SAT General, SAT Subject ва ҳоказо) сертификатларига эга бўлган абитуриентларга тегишли фанлардан белгиланган энг юқори балл бериш ва ушбу фанлар тест синовидан озод қилиш тартибини ишлаб чиқиши ва Вазирлар Маҳкамасига киритиши белгиланган.

Юқоридаги маълумот шуни англатадики, Давлат тест маркази Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги, Халқ таълими вазирлиги билан биргаликда TOEFL, IELTS, CEFR, SAT General, SAT Subject ва ҳоказолар сертификатларига эга абитуритентларга тегишли фанлардан белгиланган энг юқори балл бериш ва ушбу фанлар тест синовидан озод қилиш тартибини 2019 йил 1 январгача ишлаб чиқиб, Вазирлар Маҳкамасига киритади, Вазирлар Маҳкамаси эса уни тасдиқлаганидан кейин мазкур тартиб амалга киритилади.


Sample B2 test

This Sample test is actually taken from Cambridge First site. But as you may know Cambridge First tests are somewhat equal in level with the CEFR B2, so you can use this test as a B2 test.

You can download the test from this link (=28 mb Tas-IX).

The test is taken from the Telegram channel Cefr in Uzbekistan. 


Diqqat! Navbatdagi test sinoviga hujjat qabul qilina boshlandi!

Chet tillarini bilish va egallash darajasini baholash va malaka sertifikatini berish uchun oktabr oyida bo’lib o’tadigan test sinovlariga talabgorlarni ro’yxatga olish joriy yilning 10 sentabridan 24 sentabriga qadar davom etadi.

Qabul vaqti: 10:00 dan 17:00 gacha

Ish kunlari: Dushanba, Seshanba, Chorshanba, Payshanba, Juma.

Talabgorlar diqqatiga: Hujjatlarni Davlat test markazining viloyatdagi hududiy bo’limlariga ham topshirish mumkin. (Quyida mas’ul shaxslarning telefon raqamlari keltirilgan)

Hujjat topshirish va ro’yxatdan o’tish tartibi

Chet tilini bilish va egallash darajasi bo’yicha malaka sertifikati olish uchun imtihonga ro’yxatdan o’tish tartibi:
1. On-line arizani to’ldiring. To’ldirigan arizangizning pdf formatdagi nusxasi arizada ko’rsatgan elektron pochtangizga yuboriladi.
2. Elektron pochtangizdan pdf formatdagi arizangiz nusxasini yuklab oling va printerdan chiqaring.
3. Istalgan bank bo’limidan DTM hisob raqamiga eng kam ish haqining 1.5 baravari miqdorida to’lovni to’lang.
4. Quyidagi hujjatlarni DTMga pochta orqali yuboring yoki shaxsan olib keling (Bu safardan boshlab hududiy bo’limlarga ham topshirsa bo’ladi):
– To’ldirilgan ariza nusxasi (pdf formatda pochtangizga yuborilgan arizani chiqaring);
– Eng kam ish haqining 1.5 baravari (276 450 so’m ) miqdorida to’lovni to’laganligingiz haqida kvitansiya nusxasi yoki to’lov topshiriqnomasi;
– Pasportingiz nusxasi;
– 3.5 * 4.5 o’lchamdagi fotosuratingiz (1 dona)*;
*Izoh: Rasm hujjat talablariga mos kelishi kerak.
– 3.5 *4.5 o’lchamdagi fotosuratingizning CD diskga yozilgan elektron nusxasi;
– hujjatlar uchun jild.
DTM manzili: 100084, Toshkent shahri, Bog’ishamol ko`chasi, 12-uy. 

15 iyuldan 2018y. sertifikat uchun to’lov – 276 450 so’m

Hududiy bo’limlar boshliqlari haqida ma’lumotlar:

Hudud F.I.O Telefon Email
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Abdullaev Muzaffar Atajanovich +998913723119 vakil1@dtm.uz
Andijon viloyat Aliev Xusniddin Maxmudovich +998905252763 vakil2@dtm.uz
Namangan viloyat Xalimov Shuxrat Abduraximovich +998972312868 vakil3@dtm.uz
Farg‘ona viloyat Babajanov Jaxongir +998906341455 vakil4@dtm.uz
Buxoro viloyat Sevinchov Ne’mat Gulboyevich +998914108221 vakil5@dtm.uz
Xorazm viloyat Yakubov Baxtiyor Sabirovich +998911909405 vakil6@dtm.uz
Surxondaryo viloyat Karimov Yoqubjon Ziyodullayevich +998915184420 vakil7@dtm.uz
Qashqadaryo viloyat Jo‘rayev Bexzod Xonimqulovich +998972000773 vakil8@dtm.uz
Jizzax viloyat Xotamov Ibrohim Mustafoyevich +998915965235 vakil9@dtm.uz
Navoiy viloyat Bekniyozov Nurxon Mardonovich +998913080139 vakil10@dtm.uz
Samarqand viloyat Sirliboyev Voxid Xayrullayevich +998915247077 vakil11@dtm.uz
Sirdaryo viloyat Bahromov Alisher Norboboyevich +998911004466 vakil12@dtm.uz

Manba


CEFR Test Samples (B1 -B2- C1)

Here you can download and check your knowledge on CEFR B1 Level:

  1. Test Booklet. Download from here.
  2. Test Audio. Download from here.

Here you can download and check your knowledge on CEFR B2 Level:

  1. Test Booklet. Download from here.
  2. Test Audio. Download from here.

Here you can download and check your knowledge on CEFR C1 Level:

  1. Test Booklet. Download  from here.
  2. Test Audio. Download from here.

All the samples are for the English language and taken from the official nsfla.uz web-site.


Ingliz tilida bir-biriga o’xshash so’zlarni qo’llash

1.like vs alike

Mazkur soʻzlar to be/to look fe’llari bilan qoʻllanilib, bir xil tarjima qilinsa-da, ularning qoʻllanishida farq bor.

like – xshash, -dek degan ma’nolarda koʻmakchi hisoblanadi va oʻzidan keyin har doim ot (noun) talab qiladi.

John is like his brother. (to be + like + noun)

John looks like his brother. (to look + like + noun)

alike – oʻxshash, -dek degan ma’nolarda sifat hisoblanadi, ammo bu so’zdan keyin ot qo’llab bo’lmaydi.

John and his brother are alike. (to be + alike)

John and his brother look alike. (to look + alike)

2.lonely vs alone

lonelyruhan yolg’iz degan ma’noda qoʻllaniladi.

I often feel lonely if I travel abroad.

Note ! lonely soʻzi hudud (joy, binolar)ga nisbatan ham qoʻllanilib, uzoqdagi, kimsasiz degan ma’nolarda keladi.

Dartmoor is a wild and lonely place.

alone – yolg’iz, bir oʻz(lar)i degan ma’nolarda qoʻllaniladi, ammo bu so’zdan keyin ot qo’llab bo’lmaydi..

He prefers to be alone. He is the least sociable person in the class.

Leave the children alone.

Extra example ! Quyidagi misol bir gapning o’zida bu soʻzlarning ma’nolarini farqlashga yordam beradi;

She lives alone and often feels lonely. (U bir oʻzi yashaydi va oʻzini ruhan yoʻlgiz his qiladi)

3.economic vs economical

economiciqtisodiy

The government’s economic policy is create news jobs for the unemployed.

economicaltejamkor

The petrol is getting more and more expensive. I need to buy an economical car to run.

4. continuously vs continually

continuouslytoʻxtamasdan, uzluksiz

He has lived and worked in France almost continuously since 1990.

continuallyhadeb, tinmay (salbiy ma’noda)

They continually argue  about money.